Xabaringiz bor, Fiskal institut hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti hamkorligida "Xalqaro soliqqa tortish" qo‘shma ta'lim dasturi fakulteti faoliyat olib bormoqda. Fakultet talabalari 2+2 ta'lim dasturi doirasida dastlabki 2 yil Fiskal institutda, keyingi 2 yil esa Rossiyaning Moliya universitetida tahsil oladilar.
Fiskal institutda tashkil etilgan "Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasida Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining "Soliq, audit va biznes analiz" fakulteti dotsenti Viktor Machexin ishtirokida Fiskal institut qo‘shma ta'lim dasturi talabalari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
2023/2024 o‘quv yilida "Xalqaro soliqqa tortish" qo‘shma ta'lim dasturi talabalari navbatdagi 2 yil tahsil olish uchun Rossiyaning Moskva shahriga jo‘nab ketadilar. Shu sababli Moliya universiteti mas'ullari Toshkent shahriga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida talabalarning ota-onalari bilan uchrashib ularga farzandlarini kelajakda kutayotgan ta'lim tizimi va shart-sharoitlar haqida ma'lumot berib o‘tdilar.
Dunyoda nafaqat farzandini balki barcha yoshlarni tarbiyasiz boʻlib shakllanishiga qarab turadigan b...