Hozirgi kunda ta'lim sifatini oshirish, yoshlarning o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari uchun xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida Fiskal institutda doimiy ravishda xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.
Institutda tashkil etilgan "Toshkent xalqaro soliq haftaligi" doirasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan institut talabalari uchun xalqaro soliqqa tortish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti professori Anastasiya Knyazeva "Rossiya. Soliqqa tortishning dolzarb muammolari" hamda "Xalqaro soliqqa tortishning dolzarb muammolari" mavzularida TaxinTashkent tanlovi ishtirokchilari uchun trening tashkil etdi.
Bunda xalqaro soliqqa tortish boʻyicha umumiy yoʻnalishlar shuningdek, soliq organining huquqiy pozitsiyasi, soliq toʻlovchining huquqiy pozitsiyasi, tomonlarning dalillari, sud qarori kabi tartiblar haqida tushunchalar berib oʻtildi.
Ushbu konferensiya to‘plamida mamlakatimizda fiskal siyosatni amalga oshirishda xalqaro tajriba va u...
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...